» "Xudo Asrasin"
"Xudo Asrasin"

Har onda, har qadam, har bitta joyda,
Bizni yahshi niyat duo asrasin.
O'zbek qizlarining mehri daryoda,
Behayo qizlardan Xudo asrasin!

Ular hech bilmaydi iffat neligin,
O'zbekona lutf, sur'at neligin,
Qiz nomi qandayin nom ekanligin,
Behayo qizlardan Xudo asrasin!

Ularni ko'raman yirtilar qalbim,
So'zlamay turolmas aslo bu tilim,
Iboli qiz boling ey opa-singlim,
Behayo qizlardan Xudo asrasin!

Egnida Milliylik yo'q so'ramang atlas,
Qalbida yo'q aslo beg'ubor havas,
Ularga milliylik, nomus kerakmas,
Behayo qizlardan Xudo asrasin!

Muhabbat neligin bilmayin turib,
Yurishar hilvatda ko'zlarin suzib,
Bema'no umrida hayotni kezib,
Behayo qizlardan Xudo asrasin!

Achinib yozyapman bu bag'ishlovni,
Qalbimda guvillab yongan olovni,
Sheraga demangiz aytma baloni,
Behayo qizlardan Xudo asrasin!

✍️Sherali Ortiqzoda
ОНЛАЙН СМОТРЕТЬ
564
Добавить в закладки
Есть жалоба?

"Xudo Asrasin"

  • Название:: "Xudo Asrasin"
  • Категории: ---
  • Год, страна: 2019
  • Страна:
  • Давлат тили:
  • Автор материала: admin
"Xudo Asrasin"
Har onda, har qadam, har bitta joyda, Bizni yahshi niyat duo asrasin.
2019
00
Добавить комментарий
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив